Forum

28 may kuni “UzVC” Milliy venchur fondi birinchi Markaziy Osiyo venchur forumida ishtirok etdi.

Forumda Markaziy Osiyoning “biznes-angellari” klubi, Uzcard Ventures va Semurg VC xususiy venchur fondlari, Britaniyaning Sturgeon Capital fondi hamda Qozog’istonning Qaztech Ventures va MOST Ventures hamda Qirg’iziston Respublikasining Namba One venchur fondlari vakillari qatnashdi.

Forumning sharafli mehmoni, Fort Ross Ventures kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Viktor Orlovskiy «Jahonda venchur kapital moliyalashtirishning rivojlanish tendentsiyalari va xususiyatlari» haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdi. Shuningdek, forum davomida venchur fondlari, investitsiya kompaniyalari va Sturgeon Capital bilan muvaffaqayatli bitim tuzgan startaplardan biri Billz kompaniyasi asoschisi bilan Markaziy Osiyoning bozoridagi vaziyat hamda “biznes angellar” to’g’risida qizg’in munozaralar bo’lib o’tdi. Bundan tashqari, forumning ikkinchi yarmida startaplar va investorlar uchun pitch sessiyasi bo’lib o’tdi. Forum yakunida “UzVC” Milliy venchur fondi direktori Dilshod Khashimov Uzcard Ventures ning korporativ innovatsiyalar  bo’yicha direktori Dilshod Zufarov va Qaztech Ventures ning raisi vazifasini bajaruvchisi Dias Beksoltan bilan o’zaro anglashuv va hamkorlik to’g’risidagi Memorandumni imzoladi.