Piton Capital bilan uchrashuv

“UzVC” Milliy venchur fondi Buyuk Britaniyadagi “Piton Capital” venchur fondi vitse-prezidenti bilan onlayn ucharshuv o’tkazdi

23 iyul kuni “UzVC” Milliy venchur fondi xodimlari “Piton Capital” venchur fondi vitse-prezidenti bilan onlayn uchrashuv o’tkazdi.“Piton Capital” 2010 yilda Londonda tashkil topgan bo’lib, ushbu fond “tarmoq effektlari” bo’lgan korxonalarga sarmoya kiritadigan venchur fondi hisoblanadi. “Piton Capital” tashkil topgandan buyon Yevropadagi 50 dan ortiq korxonalarga sarmoya kiritdi. Uchrashuvda “Piton Capital” venchur fondining Buyuk Britaniyadagi vecnhur fondlarga aloqador moliyaviy institutlari bilan aloqa o’rnatish tajribasi bilan bo’lishdi.
Shu bilan birga, “UzVC” Milliy venchur fondi faoliyatini takomillashtirish va boshqa fondlar bilan o’zaro aloqalar bo’yicha keyingi maslahatlashuvlarni o’tkazishga kelishib olindi.