Qidiruv

Yangi sayt bilan - uzvc.uz

havolasida tanishishingiz mumkin.
+(998) 95 500 09 19
info@nationaluzvc.uz

Silicon Valley global ekspertlari hamda startaplar bilan akseleratsiya dasturlari muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuv tafsilotlari

18 iyul kuni venchur moliyalashtirish va akseleratsiya bo‘yicha “Silicon Valley” global ekspertlari Asher Siddiqi hamda Marvin Liao ishtirokida IT-Park Tashkent filialida startaplar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“UzVC” Milliy venchur fondi bosh maslahatchisi Alisher Shayxov boshchiligida o‘tkazilgan muhokamada startaplar akseleratsiya dasturlari bo‘yicha o‘zlarining shaxsiy qarashlarini bildirdilar hamda mutaxassislar bilan birgalikda dasturga kiritish mumkin bo’lgan dolzarb mavzularni muhokama qildilar va uning amalga oshirilishi bo’yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Shu tariqa venchur ekspertlar mahalliy startaplarning ehtiyojlarini o‘rgandi, startaplar esa o‘zlari qiziqtirgan masalalar bo‘yicha tavsiyalar oldi.

Ekspertlar to’g’risida ko’proq ma’lumotlar havolada:

Asher Siddiqi – https://www.linkedin.com/in/ashersiddiqui/ ,

Marvin Liao – https://www.linkedin.com/in/marvinliao/ .