Qidiruv

Yangi sayt bilan - uzvc.uz

havolasida tanishishingiz mumkin.
+(998) 95 500 09 19
info@nationaluzvc.uz

UzVC Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida fondlar fondiga aylantirildi.



UzVC Milliy Venchur Fondi 2024-yil 14-oktabrdagi Prezidentning №357-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida faoliyat yurituvchi fondlar fondi tuzilmasiga toʻliq oʻtishini e’lon qildi. Mazkur qayta tashkil etish jarayoni darhol boshlanadi va ikki oy ichida yakunlanishi kutilmoqda, vazirlik nazorati ostida toʻliq integratsiya jarayoni 2024-yil yanvar oyida nihoyasiga yetadi. Oʻtish jarayoni yakunlanganidan soʻng, UzVC 2024-yil fevral oyidan boshlab mablagʻlarni yoʻnaltirishni boshlaydi, bu esa uning operatsion modelida sezilarli oʻzgarishni anglatadi. Yangi tuzilma doirasida UzVC 2025-yilda Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi venchur fondlarga $15 million mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda. Mazkur strategik transformatsiya fondning innovatsiyalarni rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, mahalliy startap ekotizimini mustahkamlash va mamlakat bo‘ylab texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan.