“UzVC” Milliy venchur fondi xodimlari Nur-Sultondagi venchur fondlar va tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi
“UzVC” Milliy venchur fondi xodimlari Nur-Sultondagi venchur fondlar va tashkilotlari vakallari bilan uchrashdi2021 yil 1-3 avgust kunlari Fond vakillari Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton shahriga tashrif uyushtirib Qozog‘iston venchur ekotizimining asosiy ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ostona Xalqaro Moliya Markazi, Astana Xab markazi, Fintek Xab markazi, Qaztech Ventures venchur fondi, Singapurning Quest Ventures kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borildi.
![]() | ![]() |
“UzVC” Milliy venchur fondi rahbariyati “Ostona” Xalqaro moliya markazi vakillari bilan joriy yil 3 avgust kuni bo’lib o’tgan uchrashuv davomida Fond xodimlari uchun markaz bo’ylab kichik sayohat uyushtirilib uning xozirgi holati, rivojlanish tarihi va vakolatlari bilan tanishtirildi. Tashkilotlarning vakolatlari doirasida UzVC va Markaz o’rtasida hamkorlik o‘rnatishga kelishilib anglashuv memorandumi imzolash rejalashtirildi.
Ma’lumot uchun: “Ostona” Xalqaro moliya markazi 2018 yil tashkil etilgan bo’lib, u Ostona Ekspo kompleksida joylashgan hamda o‘z hududida “Common law”, ya’ni ingliz huquqini yo‘lga qo‘yganligi sababli ishtirokchilariga xalqaro huquq asosida ish yuritish imkonini beradi. Ushbu Markaz o‘zining sudi va Birjasiga ega. Ayni paytda Markazda 800 dan ortiq startap va har xil yo’nalishdagi kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan.

