Qidiruv

Yangi sayt bilan - uzvc.uz

havolasida tanishishingiz mumkin.
+(998) 95 500 09 19
info@nationaluzvc.uz

UzVC Milliy Venchur fondi «Venture Day» startap ekotizimlarini rivojlantirish bo’yicha mintaqaviy muloqotida ishtirok etdi

UzVC Milliy Venchur fondi «Venture Day» startap ekotizimlarini rivojlantirish bo’yicha mintaqaviy muloqotida ishtirok etdi. Bugun, 24 iyun kuni UzVC Milliy Venchur fondi startapni rivojlantirish va mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish sohasida tajriba almashishga bag’ishlangan «Venture Day» startap ekotizimlarini rivojlantirish bo’yicha mintaqaviy muloqotida ishtirok etdi. Ushbu tadbir Xalqaro elektraloqa ittifoqi va O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi IT-park bilan birgalikda tashkil etildi. Tadbir davomida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarining venchur sohasidagi nufuzli tashkilotlari vakillari o’z davlatlaridagi startap ekotizimlari bo’yicha taqdimotlar bilan bo’lishdilar. Bundan tashqari, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’izston, Tojikiston va O’zbekistondan pich-sessiya, ya’ni startap-loyihalari taqdimotlari bo’lib o’tdi