«UzVC» Milliy venchur fondi Britaniyaning Sturgeon Capital venchur fondi bilan birgalikda startaplarga investitsiya kiritish bo’yicha arizalarni qabul qiladi
«UzVC» Milliy venchur fondi Britaniyaning Sturgeon Capital venchur fondi bilan birgalikda startaplarga investitsiya kiritish bo’yicha arizalarni qabul qiladi.
Agar siz quyidagi shartlarga mos startap loyiha asoschisi bo’lsangiz, bizga arizangizni yuboring:
1) Siz mamlakat iqtisodiyotida o’tkir og’riqli muammoni hal qiladigan mahsulot, texnologiya yoki xizmatni taklif qilasiz;
2) Katta maqsadli bozor uchun innovatsion yechim taklif qilasiz;
3) Sizning biznesingiz jahon bozorlariga chiqishi mumkin;
4) Sizda sinov modeli / demo / minimal hayotiy mahsulot (MVP) mavjud;
5) Yangi mahsulotni joriy etishda, biznesni rivojlantirishda tajribangiz bor.
Hujjatlar «UzVC» Milliy venchur fondining https://nationaluzvc.uz/ariza-yuborish/ rasmiy veb-saytida joriy yilning 1 mayiga qadar qabul qilinadi.Shaklni to’ldirayotganda siz o’zingizning loyihangiz, bozor, moliyalashtirish mablag’i haqida ma’lumot berishingiz va pitch-dek (taqdimot) ni yuklashingiz kerak.
Eslatma* Startaplar ikki tomonlama kelishuv asosida fondning ulushli ishtirok etish sharti bilan moliyalashtiriladi.Qo’shimcha ma’lumotlar uchun info@nationaluzvc.uz pochtasi orqali biz bilan bog’laning.