Oʼzbekiston va Tatariston venchur fondlari orasida anglashuv memorandumi imzolandi
Oʼzbekiston va Tatariston vakillari venchur kapital sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida 23 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, UzVC Milliy venchur fondi va Tatariston delegatsiyasi oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.Uchrashuv davomida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Vazirlik Tataristonning tegishli idoralari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish uchun ochiq ekanini taʼkidladi. Midxat Shagiaxmetov, Tatariston Respublikasi bosh vaziri o’rinbosari – iqtisodiyot vaziri, shuningdek, yaratilgan “InnoWeek.Uz-2021” maydonchasi uchun minnatdorchilik bildirib, u yerda, jumladan, hamkasblari bilan muloqot qilish imkoniyati yaratilgani va Tataristonda Oʼzbekiston vakillarini koʼrishdan xursand boʼlishini taʼkidladi.UzVC Milliy venchur fondi direktori Dilshod Xashimov Tatariston bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish O’zbekiston venchur ekosistemasi ishtirokchilariga katta imkoniyatlar yaratishini aytib o’tdi.Uchrashuv doirasida Tatariston Respublikasi Investitsiya va venchur jamgʼarmasi va UzVC Milliy venchur fondi oʼrtasida hamkorlik toʼgʼrisida memorandum imzolandi.