Venchur fondlarini boshqarish bo’yicha master-klasslarning ochilish marosimi
UzVC milliy venchur fondi USAID tashkilotining tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi bilan hamkorlikda 2-4 noyabr kunlari Venchur fondlarni boshqarish bo’yicha master-klasslar o’tkazdi va ular doirasida 2 noyabr ochilish kunida mahalliy startapchilar uchun “Mentoring session” o’tkazildi. Ushbu sessiyada startapchilar taniqli xalqaro venchur fondlari vakillari bilan shaxsan uchrashish, venchur sohasidagi turli mavzular bo’yicha maslahatlarni olish, qiziqtirgan savollarini berish va tarmoq sessiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldilar.Tadbirda xalqaro venchur fondi va akseleratori “500 Global”, Yevropa investitsiya jamg’armasi, Quest Ventures (Singapur), Sturgeon Capital (Buyuk Britaniya), Vitosha Venture Partners (Yevropa) venchur fondlari vakillari spiker sifatida ishtirok etdi.