Fondning boshqaruv kompaniyasi Sturgeon Capital vakili va startaplar bilan «Moliyalashtirishga jozibador startaplar» mavzusidagi biznes uchrashuv tafsilotlari
Kecha, 5-may kuni Yoshlar ishlari agentligining Kitob olamida UzVC milliy venchur fondi va uning boshqaruvchi kompaniyasi “Sturgeon Capital” vakillari ishtirokida biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda vakillar venchur fondlari, investor va startap asoschisi o‘rtasidagi munosabatlar, sarmoya kiritish uchun jozibador startaplar va venchur hamda startap industriyasining boshqa jihatlari haqida so‘z yuritdilar.Shuningdek, startap asoschilari o‘z startaplarini potentsial investorlarga taqdimot qilish va aniq fikr-mulohazalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Ushbu tadbirda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Bizni kuzatib boring va barcha tadbirlarimizdan xabardor bo’ling!