Yangiliklar

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - vc-fund-management-masterclasses-700x394.png

UzVC milliy venchur fondi USAID tashkilotining tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi bilan hamkorlikda joriy yilning 2-4 noyabr kunlari Venchur fondlarni boshqarish bo’yicha master-klasslar o’tkazadi va ular doirasida venchur sohasidagi dolzarb mavzular, jumladan, O’zbekistonda venchur ekotizimini rivojlantirish muammolari va yechimlari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, taniqli xalqaro venchur fondlari vakillari startaplarga sarmoya kiritish tajribalari bilan bo’lishadilar.

Tadbirda xalqaro venchur fondi va akseleratori “500 startups”, Yevropa investitsiya fondi, EBRD VC, FMFIB, Quest Ventures (Singapur), Sturgeon Capital (Buyuk Britaniya), Vitosha Venture Partners (Yevropa), Startupscale360 (BAA) venchur fondlari vakillari spiker sifatida ishtirok etadi.

2 noyabr. Tadbirning birinchi kunida mahalliy startapchilar taniqli xalqaro venchur fondlari vakillari bilan shaxsan uchrashish, venchur sohasidagi turli mavzular bo’yicha maslahatlarni olish, qiziqtirgan savollarini berish va tarmoq sessiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Ushbu kunda qatnashmoqchi bo’lgan startapchilar ariza shaklini to’ldirib, UzVC Milliy venchur fondidan tasdiqnoma olishlari zarur. Ishtirok etish uchun ariza shakli quyidagi havolada.

Tadbirni onlayn kuzatib borish uchun ariza shakli.

3-4 noyabr. Tadbirning keyingi kunlari mahalliy venchur sarmoyadorlar, biznes farishtalar va boshqa manfaatdor tomonlar, shu jumladan, davlat tashkilotlari uchun yetakchi venchur fondlari vakillarining mahorat darslariga bag’ishlanadi.

Tadbirda onlayn qatnashish uchun ariza shakli quyidagi havolada.

Facebook Linkedin